
APL. "Liverpul" peshqadam, London klublari yuqoriladi, "Manchester Siti" esa... (turnir jadvali)
APLning 13-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘z nihoyasiga etdi. Kutilgan va kutilmagan natijalardan so‘ng turnir jadvalidagi holat ham o‘zgardi.
"Brentford" "Lester"ni ayab o‘tirmadi, "Vulverxempton" esa "Bornmut"ga mag‘lub bo‘ldi. "Arsenal" derbida "Vest Xem"ni taslim qilgan bo‘lsa, "Chelsi" "Aston Villa" ustidan yirik hisobda zafar quchdi. "Manchester Yunayted" "Everton" darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi. Shuningdek, turning markaziy bahsida "Liverpul"ning qo‘li baland keldi.
Shu tariqa, "qizillar" 34 ochko bilan peshqadamlikni mustahkamlab qo‘ydi. "Arsenal" va "Chelsi" hisobida 25 ochkodan mavjud. 4-o‘rinni esa "Brayton" egallab turibdi. "Manchester Siti" bu turdan keyin 5-pog‘onaga tushib ketdi.
Fikrlar